Midjourney endi tekin emas

Suratlar yaratuvchi Midjourney neyrotarmog‘i bepul foydalanuvchilar uchun yopildi. Bu haqda neyrotarmoq asoschisi Devid Hols ma’lum qildi.
So‘nggi haftalarda Midjourney tanqidga ko‘p uchrayotgandi, xususan, Donald Tramp, Rim papasi va boshqa taniqli shaxslarning dipfeyklarini (sun’iy intellekt yordamida haqiqiysidan deyarli farq qilmaydigan tasvirlar) yaratishda undan foydalanilgan. Bu suratlarning soxtaligi tezda fosh bo‘ldi, shunga qaramasdan, neyrotarmoq egalari Midjourney yolg‘on axborot tarqatuvchiga aylanib qolishidan ko‘proq xavotirdalar va foydalanuvchilarga bepul xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishga qaror qilishdi, deyiladi xabarda.
Faqat bir savol ochiq qolmoqda: Midjourney pulli bo‘lsa undan g‘ayrimaqsadlarda foydalanish to‘xtaydimi?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter