Microsoft Windows 11, Windows 10, Windows 8.1 va Windows 7 ni yangiladi – yuzga yaqin zaifliklar tuzatildi

Microsoft Windows operatsion tizimi uchun an’anaviy oylik Patch Tuesday yangilanishining bir qismi chiqardi. Yangilanishlar Windows 11, Windows 10 va hatto Windows 8.1 i Windows 7 kabi faxriy tizimlar uchun ham mavjud.
2022 yil iyul oyidagi Patch Tuesday doirasida kompaniya xavfsizlikning 84 ta zaifligini, shu jumladan, tajovuzkorlarga kod ijrosini masofadan ishga tushirishga imkon beruvchi to‘rtta muhim zaiflikni tuzatdi. Jumladan, hujumchilar tomonidan faol foydalanilgan nol kunlik zaiflik ham tuzatildi.
Windows 11 uchun yangilanish KB5015814 deb belgilangan va Windows 10’dagi apdeyt KB5015807 21H1 va 21H2 versiyalari uchun chiqarilgan.
Windows 8.1 (KB5015874) va Windows 7 (KB5015861)da ham «xatoliklar tuzatildi». Eslatib o‘tamiz, Windows 8.1’ni qo‘llab-quvvatlash 2023 yil boshigacha davom etadi, Windows 7 esa bepul qo‘llab-quvvatlanmaydi. Microsoft ikki yil avval Windows 7 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni 2020 yil 14 yanvarda tugatgan edi. Korporativ foydalanuvchilar uchun Microsoft Windows 7 uchun pullik kengaytirilgan qo‘llab-quvvatlashni taklif etadi. Ular 2023 yil yanvarigacha Windows 7 ESU dasturi (Kengaytirilgan xavfsizlik yangilanishl Extended Security Updates, kengaytirilgan xavfsizlik yangilanishlari) doirasida yangilanishlarini olishlari mumkin. 2021 yilda ushbu xizmat narxi bir dona kompyuter uchun 50 dollargacha, 2022 yilda esa 100 dollargacha oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter