Mers haydasangiz, yo‘lga qarashingiz shart emas

Mercedes-Benz Amerikada birinchi bo‘lib 3-darajali avtopilotni ishga tushirdi - undan foydalangan haydovchi yo‘lga qaramasa ham bo‘laveradi.
Aslida bu avtokonsern o‘z avtomobillarida blokirovkaga qarshi tormoz, barqarorlikni boshqarish, xavfsizlik yostiqchalari va moslashuvchan kruiz nazoratini joriy etgan birinchi ishlab chiqaruvchi sanaladi. Endi Mercedes-Benz elektr avtomobillarini avtomatlashtirishda inqilob yasashi kutilayotgan yangi Drive Pilot tizimi bilan jihozlamoqda.
Ushbu funksiyani faollashtirish uchun ma’lum shartlar mavjud:
Avtomobil 65 km/soat dan oshmaydigan tezlikda harakatlanishi;
Yo‘l yuzasi quruq va toza bo‘lishi;
Yo‘l belgilari aniq ko‘rinishi;
Haydovchi dilerda yoki internet orqali o‘qitilishi;
Tizim sensorlari toza, shinalar yaxshi holatda bo‘lishi;
Avtomobil yaxshi holatda saqlangani va muntazam texnik xizmat ko‘rsatilishi;
Marshrut avvalroq tizim xotirasiga kiritilgan bo‘lishi.
Drive Pilot avtomagistral yo‘llari uchun mo‘ljallanmagan. Kelgusida tezlik chegaralarini oshirish ko‘zlanmoqda. Avtomobilga buyurtma berishda tizimni o‘rnatish ko‘rsatilishi kerak va avtopilot obuna ko‘rinishida yiliga 2500 dollar turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter