Mashinasi yo‘qlarga Hyundai uchar mashinasi nasib qilsin!

Agar bizda ilmiy-fantastik filmlarda ko‘rsatilgandek uchar mashinalar hali ham yo‘q, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, hafa bo‘lmang, yaqin 10 yil ichida sizda ham shunaqasi bo‘ladi. Har holda Buyuk Britaniyadagi Hyundai kompaniyasi rahbari Maykl Koul shunday demoqda.
Hyundai avvalroq CES 2020 ko‘rgazmasida VOTL (vertikal uchish va qo‘nish) avtonom samolyotlarini namoyish qilgan edi. Hyundai allaqachon Buyuk Britaniya hukumati bilan shaharlar bo‘ylab yuklarni tashish uchun o‘z avtomobilini ishga tushirish ustida ishlamoqda.
Shahar kengashi va Buyuk Britaniya hukumatining kelishuviga ko‘ra, Air One, vertikal uchish va qo‘nish samolyotlari, jumladan, yetkazib berish dronlari va havo taksilari uchun markaz tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter