Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nega hamma o‘z avtomobilini BYDga almashtiryapti?

Nega hamma o‘z avtomobilini BYDga almashtiryapti?

Foto: Ixbt.com

TrendForce ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida yirik avtomobil bozorlaridagi jami sotuv hajmi 5,55 million donaga yetdi.

Ushbu bozor sharoitida bir oy davomida avtomobil sotish bo‘yicha eng yaxshi o‘nta brendlar qatoriga Toyota, Volkswagen, Honda, BYD, Hyundai, Ford, Chevrolet, Suzuki, Kia va Nissan kirdi.

Buni qarangki, hali chiqganiga u qadar ko‘p bo‘lmagan BYD jahon bozorida allaqachon Hyundai, Ford, Chevrolet va boshqa mashhur avtomonil brendlarini ortda qoldirdi.

Yana ham aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Xitoyning BYD kompaniyasi Hyundai va Fordni ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Xitoy avtomobil bozorida talab zaiflashganiga qaramay, BYD ko‘rsatkichlari kuchliligicha qolmoqda.

Avgust oyida BYD kompaniyasi avtomobillar savdosi nisbatan 5 foizga oshganini xabar qildi. Shu bilan birga, kompaniya bu borada uchinchi o‘rinni egallagan Honda avtomobil brendiga yetib olish uchun atigi 0,1 foizgina yetmadi.

Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi, deganlaridek, o‘quvchilarimiz orasida nafaqat BYD balki, Ford ishqibozlari ham borligini inobatga olgan holda aytishimiz mumkinki, bu brend avtomobillarining sotuvi nisbatan 6,7 foizga tushib, AQSh kompaniyasini ro‘yhatning oltinchi o‘riniga tushirib qo‘ydi.

Ha, jahon avtomobil bozorining asosiy o‘yinchisi sifatida Xitoy 2023-yil avgust oyida o‘z avtomobil bozorida yanada yaxshi ishlashni davom ettirdi.

Xitoy yengil avtomobillar assotsiatsiyasi (CPCA) ma’lumotlariga ko‘ra, bir oy davomida jami 1,92 million yangi avtomobil sotilgan.

Xitoyda bozor hukmronligi nuqtai nazaridan, BYD 230 077 ta avtomobil sotish orqali bozor ulushini 11,98 foiziga ega bo‘lib, eng muvaffaqiyatli avtomobil brendiga aylandi.

Volkswagen esa Xitoyda eng ko‘p sotilgan brend sifatida o‘zining ikkinchi o‘rnini saqlab qoldi va umumiy savdo hajmi 195 548 ta avtomobilni tashkil etdi. Bu bozor ulushining 10,18 foiziga to‘g‘ri keladi.

Uchinchi o‘rinni esa 155 491 dona avtomobil sotgan Toyota egalladi. Aytish joizki, bu bozor ulushining 8,10 foizni tashkil etadi.

Honda 102 105 dona avtomobil sotgach, bozorning 5,32 foiziga egalik qildi va natijada to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

82 243 dona sotilgan Changan ulushi esa bozorning 4,28 foizini tashkil etgan holda, kuchli beshlikka yakun yasadi.

Ko‘rib turganingizdek, ayni damda avtomobillar bozorida BYD ulushi tobora o‘sishda davom etmoqda.
Oxirgi 12 oy ichida BYD Xitoydan tashqariga 150 000 dan ortiq avtomobil eksport qildi.

BYD tahlilchilarining fikricha, bu yil BYD avtomobillarining eksport hajmi 250-300 mingga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring