Maktab va universitetlarda Skype, WhatsApp, Twitterdan foydalanish taqiqlanmoqda

Nijniy Novgorod hukumati mahalliy maktablar, kollejlar va universitetlarga xorijiy internet xizmatlaridan foydalanishni to‘xtatishni tavsiya qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu chora ta’lim muassasalari infratuzilmasi xavfsizligini ta’minlaydi.
Xususan, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan talaba va ta’lim muassasalari xodimlariga xorijiy xizmatlar, jumladan, Skype, Twitter, Jabber, Viber, Facebook, iCloud, Google Drive, Dropbox, WhatsApp va ICQ xizmatlaridan foydalanishdan voz kechish tavsiya qilindi. Ushbu ro‘yxatdagi so‘nggi dasturiy ta’minot Rossiyaning VK xoldingiga tegishli.
Joriy yilning mart oyida Sankt-Peterburg ta’lim qo‘mitasi mahalliy ta’lim muassasalari rahbariyatiga xat yo‘llab, unda boshqarma xorijiy dasturlar, jumladan, Zoom, Skype, Google Analytics, Google Maps, Google Translate va Recaptcha dasturlarini o‘chirib qo‘yishni so‘ragan edi.
Xorijiy dasturiy ta’minot bilan o‘zaro aloqani istisno qilgan holda, Rossiya rasmiylari kiberhujumlarni to‘xtatishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, rasmiylar maktablardagi kompyuterlarning bir qismini tarmoqdan uzishni taklif qilmoqda.
O‘tgan oy o‘rtalarida Ta’lim vazirligi, Raqamli rivojlanish vazirligi va VK o‘rtasida ta’limda onlayn kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Xolding Rossiya maktablari va kollejlarida ish quroli sifatida VK Messenger, VK Calls va Mail.ru xizmatlarini joriy etishni rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter