Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Krossovka shaklidagi mashina

Krossovka shaklidagi mashina

Foto: Ixbt.com

Nissan kompaniyasi Kicks 327 Edition nomli avtomobil taqdim etdi. U New Balance 327 krossovkasiga o‘xshash qilib yasalgan.

Krossoverning o‘ng tomoniga New Balance, chap tomoniga esa  Nissan Kicks 327 Edition logotipi joylashtirilgan. Mashina Nissan Crossing ko‘rgazmasida ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, kompaniya Catch the Kicks deb nomlangan marketing kompaniyasini o‘tkazmoqda. Unda ishtirok etganlar Nissan Kicks e-Power 4WD yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring