Navigatorga ishongan haydovchi piyodalar osma ko‘prigiga chiqib ketdi
Tailandda navigatorga ishongan haydovchi daryo ustidan o‘tkazilgan piyodalar osma ko‘prigiga chiqib ketdi.
Oradan picha vaqt o‘tib, mahalliy kishining e’tiborini tor ko‘prikda osilib qolgan mashina tortdi. Mashina yonida bir ayol jonholatda yordamga chaqirardi.
Honda City sedani juda xavfli holatda to‘xtab qolgan, old chap g‘ildiragi jarlik ustida osilib qolgandi. Mashinani ikkita traktor yordamida eson-omon chiqarib olishdi.
Rulda bo‘lgan ayolning aytishicha, elektronikaga batamom ishonib, u ko‘rsatgan yo‘ldan yurgan. Qizig‘i, haydovchi to‘g‘ri harakatlanganini ta’kidlab, bo‘lgan voqeada zig‘ircha ham o‘zini aybdor hisoblamayapti. Navigator uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqqan kompaniya aybdor emish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter