Quyoshda so‘nggi 7 yildagi eng kuchli portlash yuz berdi
Quyoshni kuzatish xizmatlari 23-fevralga o‘tar kechasi ekstremal darajali uchta portlash sodir bo‘lganini qayd etishdi.
Eng kuchli portlash O‘zbekiston vaqti bilan soat 03:34 ga to‘g‘ri keldi — uning kuchi X6.3 indeksni tashkil etdi.
Bungacha Quyoshda eng kuchli portlash 2017-yilda kuzatilgan — X8.2 indeksli portlash qayd etilgandi.
Yangi sikl davridagi portlashlar takrorlanishi va kuchi oshib borayotgani uning faollik cho‘qqisi yaqinlashayotgani va prognozlarga nisbatan ertaroq yuz berishi mumkinligidan darak bermoqda.
Quyoshning faollik davri har 11 yilda takrorlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter