Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ko‘chmas mulk davlat inspeksiyasi robot-itlarni namoyish etdi

Ko‘chmas mulk davlat inspeksiyasi robot-itlarni namoyish etdi

Foto: "Habr.com"

Ko‘chmas mulk bo‘yicha davlat inspeksiyasi robot-itlarining yopiq press-shousini o‘tkazdi. Nazorat qiluvchi organ vakillari qurilmalarning xususiyatlari va ulardan foydalanish rejalari haqida gapirdi, ishlab chiquvchilar esa texnik afzalliklar bilan o‘rtoqlashdi. Ilk bor robotlar o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida e’lon qilingan edi.

Moskvadagi ko‘chmas mulk bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i Vladislav Ovchinskiyning aytishicha, robot-itlar qoidabuzarliklarni aniqlaydi, noqonuniy qurilish holatlaridan xabar beradi. To‘rt oyoqli robot har qanday yo‘l sharoitlarida, ya’ni chekka joy, tepaliklarda ishlashga moslashtirilgan. 

Robot bilan aloqa simsiz texnologiya yordamida amalga oshiriladi. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda Rossiya texnik universitetlari bitiruvchilari va sanoat mutaxassislari jalb qilingan.

Bundan tashqari, Davlat inspeksiyasi vakillari o‘z ishlarida dronlardan foydalanishlarini, biroq Moskvada parvozlar taqiqlangan hudud ko‘p ekanligini, bunday hollarda tekshirish mas’uliyati robot-itlar zimmasiga tushishini ta’kidlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring