IT gigantlari rahbarlarining sun’iy intellekt haqidagi fikrlari qanday?

Ilon Mask, Bill Geyts, Mark Sukerberg va boshqa yirik texnologiya sohasi vakillari AQSh Senatining 60 dan ortiq a’zosi bilan yopiq yig‘ilishda sun’iy intellekt xavf-xatarlarini muhokama qilishdi. Hozirda ushbu sohani tartibga solishga qaratilgan qonun tayyorlanmoqda.
Ilon Mask senatorlarni sun’iy intellekt insoniyatga tahdid solishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bill Geyts mutlaqo qarama-qarshi fikr bildirdi: sun’iy intellekt dunyoda ochlik muammosini hal qila oladi. Yig‘ilganlarning barchasi neyrotarmoqlar hukumat nazorati ostida rivojlanishi kerakligiga tarafdor bo‘lishdi.
Insonparvarlik texnologiyalari markazi nodavlat tashkiloti rahbari Tristan Xarris bu ishlanmalardan jinoyatchilar ham manfaatdor bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Mark Sukerberg sun’iy intellekt modellari odamlar va biznes uchun o‘yin maydoni ekanini, u innovatsiyalarni rag‘batlantirishga yordam berishini aytdi.
Yig‘ilishga taklif qilingan sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotchi Deb Raji yig‘ilishda qatnashganlarni hozirda texnologiya qanday tahdidlarga ega bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratishga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter