iPhone 14 akkumulyatorini almashtirish qanchaga tushadi?

Yangi iPhone 14 akkumulyatorini almashtirish 99 dollarga tushadi, bu avvalgi modellarga qaraganda 30 dollarga qimmat. Qayd etilishicha, bu kompaniya iPhone X dan keyin birinchi marta batareyalar narxini oshirmoqda.
Apple saytida komponentlarni ta’mirlash va almashtirish narxlari mavjud. Shunday qilib, foydalanuvchilar iPhone 14’da akkumulyatorni almashtirish foydalanuvchilarga 99 dollarga tushishini payqashdi. Foydalanuvchining AppleCare+ sug‘urtasini uzaytirganligi muhim emas. Ruxsatnoma berilmagan ta’mirlash markazlarida narx yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
iPhone X, iPhone 11, iPhone 12 va iPhone 13 batareyalarini almashtirish 69 dollarga, iPhone 6 va undan keyingi modellarni almashtirish esa 49 dollarga tushishini qayd etdi. Shunday qilib, kompaniya 2017 yildan beri birinchi marta akkumulyatorlar narxini 46 foizga oshirdi. Biroq foydalanuvchilar iPhone 14’dagi bir xil akkumulyator iPhone 13’dan qimmatroq ekanligidan norozi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter