Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

iOS 17 qanday yangiliklarni taqdim etdi?

iOS 17 qanday yangiliklarni taqdim etdi?

Foto: Ixbt.com

Apple rasmiy taqdimot marosimida iOS 17 va iPadOS 17 beta-versiyasini taqdim etdi. Uni yuklab olish va o‘rnatish uchun Apple ID kerak bo‘ladi.

iOS 17 bir qancha yangiliklarga ega. Ulardan biri har bir qo‘ng‘iroq qiluvchi uchun o‘zining tashqi ko‘rinishini alohida sozlashdir. Shuningdek, iMessage orqali jo‘natiladigan ovozli xabarlarni matnga aylantirish imkoniyati ham mavjud.

Check In funksiyasi farzandingiz sayohatda vaqti uni kuzatib turishingizga sharoit yaratadi. U orqali oila a’zoingiz qayerlarga borayotgani va qachon uyga qaytishga otlanganini bilib turasiz.  

Guruh chatlariga strelka joriy etilgan bo‘lib, u suhbatda siz ko‘rmagan ilk xabarga ishora qiladi. Stikerlar ham qayta ishlandi.

SharePlay endilikda CarPlay bilan aloqadorlikda ishlaydi va bu naqafat haydovchi, balki yo‘lovchilar ham mashinada o‘zlari xohlagan musiqani topib qo‘yishlariga imkon beradi.

Hozirda beta-versiya sinov rejimida. Yaqinda umumiy foydalanishga topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring