Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iOS 16 iPhone kamerasini yanada takomillashtirdi

iOS 16 iPhone kamerasini yanada takomillashtirdi

Foto: "ixbt.com"

Turli xil mish-mishlarga asoslangan qiziqarli konseptual san’at va renderlarni nashr etuvchi tarmoq insayderi Ben Geskin (Ben Geskin) iOS 16 operatsion tizimining yangiliklari haqida yana bir kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uning ta’kidlashicha, kamera ilovasi endi maydon effektini yanada realroq qilish uchun oldingi plan ob’yektlarini xiralashtiradi. Bu 1x va 3x kattalashtirish rejimlarida ishlaydi.

Ben Geskin iPhone 13 Pro smartfonidan foydalanadi. Shu bilan birga, foydalanuvchi o‘z postiga qoldirilgan izohlarda bu funksiya iPhone 11’da paydo bo‘lmaganini tasdiqladi.

Avvalroq xuddi shu insayder iOS 16 beta-versiyasini iPhone 13 Pro‘ga o‘rnatgan edi, shundan so‘ng akkumulyator sig‘imi dastlabki sig‘imning 100% dan 97% gacha kamaygani ma’lum bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring