Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internetdagi reklama xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari orqali to‘lashga ruxsat berildi

Internetdagi reklama xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari orqali to‘lashga ruxsat berildi

Foto: Bss.uz

“Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy Internet jahon axborot tarmoqlarida reklama berish xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari yordamida to‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Izoh: Ushbu qaror O‘zbekiston prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 22-avgustdagi qarori (PQ–357) qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari yordamida to‘lash hamda ushbu xarajatlarni soliq va boshqa hisobotlarda aks ettirish tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Markaziy bankning 2023-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslarga xorijiy Internet jahon axborot tarmoqlarida reklama berish xarajatlari bo‘yicha to‘lovlarni chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari orqali kalendar oyida 5 000 (besh ming) AQSh dollaridan oshmagan miqdorda amalga oshirishlariga ruxsat beriladi hamda ushbu to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — TSOYEAT) kiritiladi.

Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar TSOYEATga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

Bunda, yuridik shaxslarning xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali TSOYEATga kiritish imkoniyati yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring