Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IndOS. Hindistonda iOS va Android muqobili yaratilmoqda

IndOS. Hindistonda iOS va Android muqobili yaratilmoqda

Foto: Hi-tech.mail.ru

Hindistonda Apple va Google yaratgan operatsion tizimning o‘rnini bosuvchi muqobil variant yaratilmoqda. Mamlakatdagi ilg‘or dasturchilar o‘z ishlanmalarini taqdim etib ulgurdilar, ammo loyiha hozircha ommaviy tarqalgani yo‘q.

Ayni vaqtda Hindiston aholisining 95 foizi Android, 4 foizi iOS, 1 foizi boshqa operatsion tizimlarni ishlatadi. Endi u o‘z mualliflik tizimiga ega bo‘lmoqchi.

Bunday tajriba oldin Rossiyada kuzatilgan bo‘lib, Avrora operatsion tizimi ishlab chiqilgan edi. Shuningdek, Huawei ham Harmony OS tizimini taqdim etgan.

IndOS dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lmasligi aniq, lekin hind yurtida keng tarqalishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring