Imo-ishora orqali boshqariladigan televizor
Huawei kompaniyasi diagonali 85 dyuymli Smart Screen V5 nomli yangi aqlli televizor chiqardi. U imo-ishoralarni boshqarishni qo‘llab-quvvatlaydi va HarmonyOS 4 da ishlaydi.
Televizor 4T NPU hisoblash quvvatiga ega Honghu 900 chipi bilan jihozlangan va 4K gacha ruxsatni qo‘llab-quvvatlaydi. Chip har bir kadrni chuqur tahlil qilish va tasvirdagi detallar miqdorini oshirishi mumkin.
Ekran, shuningdek, sahna tahlili va ob’yektni aniqlash orqali orqa yorug‘likni sozlash uchun Honghu Clear Light Control Pro texnologiyasidan foydalanadi. Huawei bu yoritgichni SuperMiniLED deb ataydi.
Yangi mahsulotning boshqa xususiyatlari orasida porlashga qarshi qoplama, imo-ishoralarni boshqarish va mobil ilovalarni ishga tushirish imkoniyati mavjud.
Hozircha Huawei Smart Screen V5 faqat Xitoyda 17999 yuan ($2520) narxda sotiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter