Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan rasm behayo so‘zlar bilan tarqab ketdi

Ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan rasm behayo so‘zlar bilan tarqab ketdi

Foto: Illyustrativ foto

Qarshi shahrida yashovchi 27 yoshli (ayol) O.O‘. kimdir Telegram orqali uning shaxsiy suratlariga behayo so‘zlar yozib tarqatayotganidan shikoyat qildi.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bu Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida yashovchi 20 yoshli (erkak) J.Q. va shu viloyatning Ko‘kdala tumanida yashovchi 27 yoshli (erkak) Yu.E.larning ishi ekani ma’lum bo‘ldi.

Ular ayolnig suratlarini ijtimoiy tarmoqlardan yuklab olishgan. So‘ng behayo so‘zlar bilan Telegramdagi ayrim guruhlarda tarqatishgan.

Qilmishi uchun J.Q. va Yu.E.lar Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, yuqoridagicha xatti-harakatlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan.

Ko‘rib turganingizdek, ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan shaxsiy fotosurat har kimning qo‘liga tushishi mumkin va har ko‘yga solinishi xavfi bor. Albatta, jinoyatchiga jazo muqarrar, ammo internet foydalanuvchilari va ayniqsa, xotin-qizlar o‘z sha’nlarini himoyalash choralarini ko‘rishsa, kimlargadir o‘lja bo‘lib qolishmasdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring