"Hozirgi AI – bu shunchaki boshlanishi" – DeepMind asoschisi texnologiyaning kelajagi haqida gapirdi

DeepMind asoschisi Mustafo Sulaymonning fikricha, sun’iy intellekt rivojlanishining hozirgi bosqichi chuqurroq o‘zgarishlarning muqaddimasi xolos.
Yaqinda bergan intervyusida u keyingi bosqich foydalanuvchi tomonidan belgilangan vazifalarni bajara oladigan interaktiv AI bo‘lishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Sulaymon shuningdek, AIni tartibga solish katta muammo emasligiga ishonch bildirdi va texnologiyadan insoniyat manfaati uchun foydalanish mumkinligiga ishonadi.
DeepMind asoschisi AI rivojlanishining keyingi bosqichi nafaqat muloqot qiladigan, balki aniq vazifalarni bajaradigan botlarni yaratish bo‘lishini aytdi. Uning ishonchi komilki, kelajak bosish va tugmalarga emas, balki AI bilan suhbatlarga asoslangan interfeyslarga tegishli.
Sulaymon AIdan yaxshilik uchun foydalanish mumkinligiga shubha qilmaydi. Tyexnologiya uchun eng yaxshi fazilatlarimizni aks ettirish va qarorlarni odamlarga qaraganda izchil va adolatli qabul qilish imkoniyatlarini ko‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter