Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hamma Apple va Samsung ishlatishga o‘tib ketdi...

Hamma Apple va Samsung ishlatishga o‘tib ketdi...

Foto: Yandex.com

2022 yil smartfonlar bozori tarixidagi eng yomon yil bo‘ldi.

IDC ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili bozor 11,3 foizga tushib, jami sotilgan smartfonlar 1,205 milliardni tashkil qilgan.

Masalan, Samsung o‘tgan yili 260,9 million dona sotilgan va bozorning 21,6 foiziga hukmronlik qilishni davom ettirdi. Shu bilan birga, uning savdosi atigi 4,1% ga kamaydi.

Apple’da ham xuddi shunday holat kuzatilgan, kompaniya bor-yo‘g‘i 4 foizga tushib, bozorning 18,8 foizini egallab, 226,4 million dona smartfon sota olgan.

Ammo kuchli beshlikka kirgan Xiaomi, Oppo va Vivo smartfonlari 19,8%, 22,7% va 22,8% kabi sezilarli pasayishlarni qayd etdi.

Umuman olganda, 2022 yilda xaridorlar faol ravishda faqat eng brend qurilmalarga, ya’ni Samsung va Apple smartfonlariga o‘tishdi.

IDC tahlilchilarining ta’kidlashicha, o‘tgan yilning to‘rtinchi choragida bozor tarixida birinchi marta natijalar uchinchi chorakdagidan yomonroq bo‘lgan, ya’ni hatto yil so‘nggidagi bayramlar ham ishlab chiqaruvchilarni qutqarmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring