Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“GSMA”, VEON hamda “Beeline Uzbekistan” kompaniyalarning rahbariyati bilan kelgusidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

“GSMA”, VEON hamda “Beeline  Uzbekistan” kompaniyalarning rahbariyati bilan kelgusidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

“GSMA”, VEON hamda “Beeline Uzbekistan” kompaniyalarning rahbariyati bilan kelgusidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi

Qatar davlatiga rasmiy tashrif doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi va “GSMA”, VEON kompaniyalar guruhi hamda “Beeline  Uzbekistan” kompaniyalarning rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda 2025-yil 21-22-may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Mobile 360 Eurasia 2025” xalqaro anjumani va ko‘rgazmasini o‘tkazish uchun tayyorgarlikni ko‘zda tutuvchi memorandum imzolandi.

Shu bilan birga uchrashuvda kelajakdagi qadamlar muhokama qilindi, jumladan, kompaniya vakillari O‘zbekistonning kadrlar salohiyati bilan yaqinroq tanishish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurish hamda bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha IT mutaxassislarni ishga olish va O‘zbekistonda autstaffing korxonasini ochish taklif etildi.

Tomonlar turli global tadbirlar orqali O‘zbekistonning salohiyatli IT sohasining jozibador muhitini xalqaro kompaniyalarga yoritish muhimligini ta’kidladilar. Mamlakatimizda IT korxonalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit va afzalliklar hamda yutuqlarning namoyish etilishi O‘zbekiston uchun xalqaro investitsiyalarni jalb qilishi va o‘zini yetakchi texnologik markaz sifatida ko‘rsatishi mumkinligi muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring