GPT moliya va biznesni yaxshi tushunadi

Bloomberg axborot agentligi BloombergGPT neyrotarmog‘ini yaratdi, u nashrning asosiy mavzulari bo‘lgan moliya va biznes bilan bog‘liq savollarga javob berishga qodir. Yangi texnologiya tezislar asosida sarlavhalar yozish imkoniyatiga ega, shuningdek jurnalist, iqtisodchi va boshqa manfaatdor shaxslarga kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi.
Bloomberg o‘zining sun’iy intellekt modelini OpenAI GPT bilan bir xil asosiy texnologiya asosida qurdi. Bloomberg texnologiyasi so‘nggi 20 yil davomida axborot agentligi tomonidan to‘plangan ko‘plab moliyaviy hujjatlar bo‘yicha o‘qitiladi, ular qimmatli qog‘ozlar hujjatlari, press-reliz, yangilik va boshqa nashrlarini o‘z ichiga oladi. Bloomberg neyrotarmog‘idagi ma’lumotlarning taxminan 50 foizi GitHub, Vikipediya va YouTube subtitrlaridan olingan.
Agentlik ChatGPT bilan raqobatlashadigan chat-bot yaratishni rejalashtirmayapti. Ayni paytda Bloomberg sun’iy intellekt modeli imkoniyatlari orqali moliyaviy bozorni o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha Terminal xizmatining funksionalligini kengaytirmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter