Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegram Yevropa Ittifoqi qonunlariga bo‘ysunishi mumkin

Telegram Yevropa Ittifoqi qonunlariga bo‘ysunishi mumkin

Bloomberg Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni (DSA) amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan Yevropa Ittifoqi rasmiylari Telegram messenjerini qonunga muvofiq keladigan onlayn platformalar ro‘yxatiga kiritish uchun yana bir da’vogar sifatida ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Bu messenjerning faol foydalanuvchilari soniga bog‘liq. Telegramning rasmiy bayonotlariga ko‘ra, platformaning Yevropadagi faol foydalanuvchilari soni 45 million kishini tashkil etadi, bu DSA mezoni hisoblanadi. Buni messenjerning Yevropa Ittifoqidagi vakili Bloomberg bilan suhbatda tasdiqladi.

Biroq YeIdagi tartibga soluvchilar, noma’lum sabablarga ko‘ra, Telegram bilan muzokaralar olib borayotgan bo‘lsalar-da, messenjerning 41 milliondan ortiq faol foydalanuvchilari borligiga hamon shubha qilishmoqda.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining barcha harakatlari dezinformatsiya tarqalishiga qarshi kurashga qaratilgan, shuning uchun xizmatlarga qat’iy talablar qo‘yiladi. Shu bilan birga, messenjer vakillari platforma noto‘g‘ri ma’lumot tarqatuvchi emasligini ta’kidlamoqda, chunki Telegram ishi algoritmlarga tayanmaydi.

Hozirda Yevropa regulyatorlari va messenjer o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring