Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google nihoyat Android TV 13’ni chiqardi

Google nihoyat Android TV 13’ni chiqardi

Foto: 9to5google.com

Google real qurilmalar uchun Android TV 13’ning ishga tushirilishini e’lon qildi. Texnik jihatdan Google o‘tgan yilning oxirida Android TV 13’ning chiqarilishini e’lon qildi, ammo o‘sha paytda uni ishlab chiquvchilar uchun xususiy ADT -3 pristavkasiga yuklab bo‘lmadi.

1 fevraldan boshlab yangilanish ADT-3 pristavkasi bo‘lgan har bir kishi uchun Google’da yuklab olinishi mumkin. Google sahifadagi qisqacha yangilanishda shunday dedi:

Oxirgi yangilanish: Android 13 TV ’ning yakuniy versiyasi hozirda mavjud.

Shunday qilib, Android TV 13’ning yakuniy versiyasi aslida juda oz sonli ishlab chiquvchilar uchun mavjud. Biroq, bu allaqachon katta qadamdir. Boshqa tomondan, do‘konlarda mavjud bo‘lgan televizor va pristavkalar uchun Android 13 TV’ni chiqarish vaqti noma’lumligicha qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring