Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gmail xatlarni tarjima qilishni o‘rganib oldi

Gmail xatlarni tarjima qilishni o‘rganib oldi

Foto: FoneArena.com

Android va iOS uchun Gmail mobil ilovalarida yangi funksiya paydo bo‘lishni boshladi.

Endi sizga begona tilda xat kelsa, matn ostida “Tarjima qilish” tugmasi paydo bo‘ladi. Matn tanlangan tilga tarjima qilinganidan so‘ng, uning asli (xorijiy tildagisi) yopiladi. Agar unga qaytishni istasangiz, o‘sha joydagi “Originalga qaytish” tugmasini bossangiz kifoya.

Funksiya 100 dan ziyod til uchun ishlaydi. Yangilanish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: Android foydalanuvchilari uchun 8-avgustdan, iOS uchun 21-avgustdan boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring