Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Google Translate dasturiga yana 110 ta yangi til qo‘shdi

Google Translate dasturiga yana 110 ta yangi til qo‘shdi

Amerikaning Google korporatsiyasi Google Tarjimon dasturiga 110 ta yangi tilni qo‘shdi. Ilgari xizmat 133 tilda tarjima qilgan. Kompaniya joriy yangilanishni tarixdagi eng yirik yangilanish deb atadi.

Google PaLM 2 til modeli platformaga juda ko‘p yangi tillarni o‘rganishga yordam berdi, bu ayniqsa bir-biriga yaqin bo‘lgan tillar, masalan, hind tiliga o‘xshash avadhi va marvadi, shuningdek, fransuz kreol tillari bilan, masalan, seychel kreol va mavrik kreol tillari bilan yaxshi ishladi.

Yangilanish uzoq vaqtdan beri platformadagi eng mashhurlaridan biri bo‘lgan kanton xitoy tilini qo‘shdi. Tillarning to‘rtdan bir qismi Afrika mintaqasidan qo‘shilgan. Aksariyat tillarda kamida bir million, ba’zan yuz millionlab odamlar so‘zlashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring