Global bozordagi eng kuchli android-smartfonlar — AnTuTu

Nubia Red Magic 8S Pro.
AnTuTu benchmarki, Xitoy reytingi ortidan, global bozorda mavjud Android-smartfonlarning eng kuchlilarini aniqladi.
Benchmark talqiniga ko‘ra, avgust oyida global bozorning kuchli smartfoni sifatida o‘yinlar uchun mo‘ljallangan, dunyodagi ilk 24 Gb operativ xotirali smartfon — Nubia Red Magic 8S Pro+ e’tirof etildi. Ushbu smartfon 1 632 859 ball to‘pladi.
Ta’kidlash o‘rinliki, ZTE kompaniyasining ushbu smartfoni Xitoy reytingida 3-o‘rinni egallagandi.
Global reytingda uning eng yaqin ta’qibchisi (qariyb 40 ming ball kam to‘plagan) — yana bir geymerlik smartfoni — ASUS ROG Phone 7.

Uchinchi o‘rinni 40 ming ballik tafovut bilan Xiaomi 13 band etdi.

Global reytingda Samsung brendi ostidagi to‘rtta smartfon joylashdi, holbuki, Xitoy reytingida bittayam yo‘q edi: chunki xitoyliklar top-reytingidagi “eng kuchsiz” smartfon ham koreyslarning eng zo‘r smartfonidan yuqoriroq ball to‘plagan.
Yana bir farqli jihati, Xitoy reytingiga faqatgina eng so‘nggi talqindagi Snapdragon 8 Gen 2 top-protsessorlari o‘rnatilgan smartfonlar kirgan bo‘lsa, global reytingga hatto o‘tgan yilgi Snapdragon 8+ Gen 1 o‘rnatilgan Lenovo Legion Y70 ham kirishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter