Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada tiklanuvchi manbalar elektr energiyasining 60 foizini ta’minladi

Germaniyada tiklanuvchi manbalar elektr energiyasining 60 foizini ta’minladi

Foto: Atomic-energy

Fraunhofer instituti (Fraunhofer ISE) hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan 2023-yilda Germaniyada elektr energiyasining deyarli 60 foizi tiklanuvchi manbalardan olingan. Atom energetikasidan ongli tarzda voz kechayotgan mamlakat uchun bu ko‘rsatkich juda muhim bo‘lib, juda qisqa vaqt orqalig‘ida qazilma energiya manbalariga qaramlikdan qutulishga umid uyg‘otadi.

Rekord ko‘rsatkichlar tiklanuvchi energiya olish va saqlashning deyarli barcha yo‘nalishlarida qayd etildi. Shamol energiyasi olishda eng yuqori marralar zabt etildi. Umuman olganda, quruqlikda va sohilbo‘yi suvlarida shamoldan energiya olish mamlakat elektr energiyasi ta’minotiga eng katta ulush qo‘shdi. Germaniyadagi shamol elektr stansiyalari 139,8 TVt/s yoki jami energiyaning 32 foizini ishlab chiqdi. Bu 2022-yildagidan 14 foiz ko‘pdir.

Fotoelektr qurilmalari 2023-yilda 59,9 TVt/s elektr energiyasini berdi. O‘tgan yil davomida Germaniyada umumiy quvvati 14 GVt ga teng quyosh panellari o‘rnatildi. 

Gidroenergetikada ham ko‘rsatkichlar yaxshilangan, GESlar aholi uchun 20,5 TVt/s yoki 2022-yilga nisbatan 3 TVt/s ko‘p energiya ishlab chiqargan.

Biomassadan elektr ishlash o‘zgarishsiz — 42,3 TVt/s darajasida qolgan.

Umuman hisoblaganda esa Germaniyada tiklanuvchi energiya manbalari 2023-yilda 260 TVt/s (2022-yilga nisbatan 7 foiz ko‘p) energiya ishlab chiqargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring