“Front-end”chilar uchun yana bir kitoblar tanlovi

"How JavaScript works" –– Duglas Krokford
Barcha boblar "Bu qanday ishlaydi ..." bilan boshlanadi. Asosan, kitobda nima kutilayotganining eng qisqa tavsifidir.
“JSON yaratuvchisi turli JS dvigatellari qanday ishlashini tushuntiradi. Muallif tildagi kamchiliklarga ham e’tibor berib, ularni bartaraf etish haqida The Next Language’da fikr yuritadi.
Shu bilan birga, tushuntirishlar juda batafsil (lekin rasmiy ko‘rinishi mumkin). Masalan, bu kabi:
“Number – raqamlarni yarata oladigan funksiyadir. JavaScript’dagi raqamlar o‘zgarmas ob’yektlardir. Raqam typeof operatoriga o‘tkazilganda, u raqamni qaytaradi. new prefiks hech qachon Number funksiyasi bilan ishlatilmasligi kerak. Raqam, shuningdek, ayrim konstantalar uchun konteyner vazifasini ham bajaradi. Ular raqamlar qanday ishlashi haqida fikr berishi mumkin."
"Expressive JavaScript, Second Edition"– Marein Haverbek
Haverbek JS’ni o‘rganishga Krokfordga nisbatan biroz boshqacha yondashadi.
"O‘z dasturlash tilingizni yaratish oson …til yaratishda sehr yo‘q. Menga ko‘pincha ba’zi insonlarning ixtirolari shunchalik murakkab va mavhum ko‘rnar ediki, go‘yoki ularni hech qachon tushunolmayman. Biroq, o‘z-o‘zini tarbiyalashdan so‘ng, bunday narsalar ko‘pincha odatiy holga aylanadi.
Haverbek tilning asosiy ifodalarini tushunishga yordam beradi. Agar allaqachon JS’ni, masalan, kurslarda o‘qiyotgan bo‘lsangiz, unda kitob yaxshi qo‘shimcha bo‘ladi.
"ECMAScript 6 for Developers" –Nikolas Zakas
"Clean Architecture"– Robert Martin
" Clean Architecture" haqida juda ko‘p maqolalar mavjud: ham hikoya, ham shaxsiy fikr, tezis va hatto asosiy fikrlar to‘plami, masalan:
"Barcha arxitekturalar bir xil qoidalarga bo‘ysunadi!"
Ammo bu haqdagi 100 ta fikrdan ko‘ra, manbani bir marta o‘rgangan ma’qulmi?
Qolaversa, kitob oxirida sizni kutayotgan Martinning o‘tmishidan hikoyalar o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Masalan, 1971 yilda ASC kompaniyasi 18 yoshli Martin va uning ikki do‘stini Varian 620/f mini-kompyuterida Chikagodagi mahalliy yuk tashuvchilar kasaba uyushmasi uchun murakkab hisob va yozuvlar tizimini qayta yozish uchun yollagani haqida.
Ular qanday qilib operatsion tizimsiz, faylsiz, hech qanday yuqori darajadagi YaPsiz, faqat assemblerda buni uddalaganliklarini o‘qing
Effective TypeScript: 62 Ways to Improve Your Code – Dan Vanderkam
Bu qoidalar to‘plami bo‘lib, unda 62 tasi bor. Ularning barchasi tematik bo‘limlarda yoki boblarda to‘plangan.
Savol mavjud bo‘lsa, qoidalardan birida javobni o‘z ichiga oladi.
Barcha qoidalar batafsil, kitobdagi deyarli barcha xulosalar kodli misollar bilan tushuntirilgan. Tavsiya etiladi - bu o‘quv qo‘llanma juda kam rasmiy hujjatlar o‘rnini bosadi va eng tipik savollarga javob beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter