Smartup Academy — O‘zbekistonning raqamli kelajagini rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy loyiha
Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan dunyoda yoshlar kelajakning asosiy mezonidir. Ta’lim har qanday davlat uchun jahon maydonida kuchli raqobatchi bo‘lishiga yordam beradigan asosiy talab hisoblanadi. O‘quv markazlari, dasturlash maktablari va oliy o‘quv yurtlari esa bo‘lajak mutaxassislarni tarbiyalash va tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Smartup Academy tomonidan tashkil etilgan loyiha ijtimoiy maqomga ega bo‘lib, mana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Bu loyihada yoshlar uchun ta’lim olish bepul va barcha harajatlar Green White Solutions kompaniyasi tomonidan qoplanadi.
Green White Solutions’ning ushbu loyihasi oddiy g‘oyadan – yuqori texnologiyalarga qiziquvchi va o‘z kelajagini shu bilan bog‘lovchi yoshlar uchun ta’lim platformasini yaratishdan boshlangan. 2022-yilda boshlangan ushbu jarayonning yakuni sifatida kompaniyaning asosiy ishlanmasi - Smartup nomini olgan to‘liq huquqli Akademiya tashkil etildi!
«2022-yil avgust oyidan boshlab 9-11-sinflar uchun akademiya darslari va maktab darslarini birlashtiradigan loyihaga o‘quvchilarni qabul qilish faol boshlandi. Loyiha poytaxtimizning Shayxontohur tumani hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi – natijada 1 500 dan ortiq abituriyent ariza topshirdi. Test sinovlari o‘tkazilib, 54 nafar talaba Akademiyaga qabul qilindi.
Bir yil davomida dastur ishtirokchilari IT olamiga sho‘ng‘ib, dasturlash asoslari, mobil ilovalar ishlab chiqish, JAVA dasturida Backend tayyorlash va boshqa tegishli yo‘nalishlarni o‘rganadilar. O‘quv dasturi tajribali o‘qituvchilar va mutaxassislar tomonidan puxta ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarga muvaffaqiyatli ishga joylashishlari uchun zarur bo‘lgan eng foydali bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi», – deya so‘zlab berdi «Smartup Academy» loyihasi rahbari Nilufar Jumayeva akademiya g‘oyasi bilan o‘rtoqlashar ekan.
Talabalar nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda mahorat saboqlari va treninglarda ham ishtirok etib, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashlari, qimmatli tajriba orttirishlari mumkin.
O‘quv jarayoni 3 bosqichdan iborat:
1-3 oylik bosqich: dasturlash asoslari va algoritmlar
2-6 oylik bosqich: tanlangan sohada trening (masalan, JAVA dasturida Backend ishlab chiqish)
3-3 oylik bosqich: amaliy qism, unda ishtirokchilar guruhda ishlashadi, o‘z loyihasini yaratadi.
O‘qishning birinchi yili Akademiyani kengaytirish zarurligini isbotladi – chunki mamlakatning turli hududlaridan ko‘plab yoshlar Smartup Academyda o‘qish istagini bildirishmoqda.
Darslarda bevosita qatnashish sharti borligiga qaramay, O‘zbekistonning turli hududlarida abituriyentlar soni ko‘payib bormoqda. Akademiya kengayib, yoshlar orasida mashhurligi oshib borayapti.
Smartup Academy shunchaki ta’lim muassasasi emas. U yoshlar hayotini o‘zgartiruvchi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarib, jadal rivojlanayotgan sohaning bir qismiga aylanish imkoniyatini beruvchi ijtimoiy loyihadir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter