Xalqaro dasturlash musobaqasida Code Of Duty (TATU) O‘zbekiston jamoalari orasida eng yuqori natijaga erishdi
![Xalqaro dasturlash musobaqasida Code Of Duty (TATU) O‘zbekiston jamoalari orasida eng yuqori natijaga erishdi](https://ict.xabar.uz/static/crop/1/1/920__95_1127217431.jpg)
12-13-dekabr kunlari xalqaro dasturlash musobaqasi — NEYeRS final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa uchta hudud — Sankt-Peterburg (Rossiya), Kutaisi (Gruziya) va Ostona (Qozog‘iston) shaharlarida tashkil etildi.
Musobaqada ishtirok etish uchun O‘zbekiston OTMlaridan jami 13 ta jamoa Qozog‘istonning Ostona shahriga bordi va ulardan faqatgina 4 tasiga yetakchi jamoa sifatida diplom olish nasib etdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Code Of Duty jamoasi (Miroqilov, Qodirov, Umurzoqov) jami 6 ta masala ishlagan holda 2-darajali diplom bilan taqdirlandi va o‘zbekistonlik jamoalar orasida eng yuqori natijaga erishdi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yana bir jamoasi — Algo Experts (Qarshiyev, Qayumjonov, Jalolov) jami 5 ta masala ishlagan holda 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter