Ertaga Vivo S17 seriyasining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Asosiy versiya 1,5K (1260x2800) o‘lcham va 120 Gs yangilanish tezligiga ega 6,78 dyuymli displey bilan jihozlangan. AMOLED matritsasi 1,07 milliard rangni qo‘llab-quvvatlaydi.
Xotira konfiguratsiyasi esa quyidagicha: operativ xotira 8/12/16 GB va ichki diskda 128/256/512 GB. Har bir qurilmada 80 vattli tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlovchi 4505 mA/soatli akkumlyator mavjud.
Asosiy kamera ikki tomonlama: asosiy sensor Sony IMX766V (50 Mp, OIS) va ultra keng IMX 355 (8 Mp, 119°).
Pro versiyasi esa MediaTek Dimensity 8200 chipseti bilan jihozlangan. Telefondagi yuqorida tilga olingan bir juft fotodatchik 2x optik masshtabni ta’minlovchi 12 megapikselli Sony IMX663 telefoto kamerasi bilan jihozlangan.
Bundan tashqari, ultra sezgir spektral sensorga ham ega bo‘lib, uning yordamida fotosuratdagi ranglar aniqroq aks etadi. Texnologiya haqida hozircha boshqa ma’lumot yo‘q.
Vivo S17t versiyasi Snapdragon 778G + chipsetiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Boshqa funksiyalarga esa displeydagi barmoq izlari skaneri, infraqizil va NFS kiradi.
Barcha uchta gadjet qora, yashil (Sea of Flowers) va ko‘k ranglarda chiqariladi. Qurilmalar Android 13 operatsion tizimida ishlaydi.
Vivo brendiga mansub yangi smartfonlarning taqdimoti 31 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter