Eng xit bo‘lgan smartfon sizningcha qaysi?

Xiaomi rahbari Xiaomi 12T Pro smartfonining yillik sotuv rejasi muddatidan oldin bajarilganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, ushbu xit model xalqaro ahamiyatga ega deb topildi, chunki Xiaomi 12T Pro ko‘plab mamlakatlarda taqdim etilgan.
«Ajoyib yangilik! Biz Xiaomi 12T Proning yillik sotish maqsadiga muddatidan oldin erishdik! Men ushbu mahsulot haqidagi barcha ijobiy fikrlardan qattiq ta’sirlandim, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur», — deb yozdi Ley Jun o‘zining Twitter sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Xiaomi 12T Pro o‘tgan yilning oktyabr oyida taqdim etilgan edi. Uning asosiy xususiyati kameraning bir qismi sifatida 200 megapikselli sensorga ega ekanligidir.
Shuningdek, 12T Pro 120 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 5000 mA/soat batareyasiga ham ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter