Endi qayiq yordamida nafaqat suvda, balki quruqlikda ham bemalol sayohat qilish mumkin

2020 yilda tashkil etilgan Turkiyaning Sealvans kompaniyasi suvda ham, quruqlikda ham harakatlana oladigan qayiq ishlab chiqardi. Uni motorli uy va qayiq funksiyalarini birlashtirgan gibrid avtomobil, desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi.
Sealvansning o‘zi esa uni qayiq sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan amfibiya deb ataydi. To‘liq elektr quvvati bilan harakatlanadigan qurilma ikki xil uzunlikda mavjud - 4,2 va 7,5 metr.
Quruqlikdagi sayohat uchun Seal beshinchi g‘ildirakdan foydalanadi. Ushbu qayiqning yuk ko‘tarish qobiliyati 3000 kg.
Tashqi qismi panoramali oynalar bilan, ichki qismi esa yog‘och uskunalar bilan bezatilgan qayiqchada yashash uchun zarur bo‘lgan hamma sharoit mavjud: elektr pechka, 18 litrli muzlatgich, ikki kamerali gaz pechi va asosiysi, ortopedik matrasli bir va ikki kishilik yotoq.
Hattoki dush va hojatxonaga ega hammom ham bor. Bu hali hammasi emas, qayiqning tashqi korpusidagi yon tomonga tortiladigan stollar yordamida haqiqiy uydagi muhitni his qilishingiz tabiiy.
Shuningdek, Sealvans ikkita Pod Drive dvigatel va 8960 Vt quvvatga ega akkumulyator bilan ishlaydigan to‘liq elektr versiyalarini ham taklif etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter