Endi jarrohlar aqlli qo‘lqop kiyadi

Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universiteti tadqiqotchilari tibbiy operatsiyalar payti kiyish uchun aqlli qo‘lqop ishlab chiqardilar. Qurilma operatorga nafaqat tibbiy maqsadlarda, balki turli xil manipulyatorlarni masofadan boshqarish imkonini beradi.
Aslida bu oddiy qo‘lqop bo‘lib, shunchaki unga sensorlar biriktirilgan. Ushbu loyihada masofadan turib operator qo‘lining qo‘lqopdagi holatlarini takrorlovchi turli harakatlarni bajara oladigan robot qo‘l prototipi yaratildi.
Qo‘lqopning aqlli tizimi datchiklar to‘plami, signallarni uzatish va qayta ishlash qurilmalaridan iborat. Robot qo‘lning tarkibiy qismlari 3 D printerda chop etilgan. Mazkur gadjet tibbiy operatsiyalar samaradorligini oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter