Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi eng yupqa va eng yengil kompyuter, lekin narxi osmon...

Dunyodagi eng yupqa va eng yengil kompyuter, lekin narxi osmon...

Foto: 3dnews

HP dunyodagi eng yupqa va eng yengil yig‘iladigan 17 dyuymli kompyuter - Spectre Foldni taqdim etdi. Maqsad - ko‘p qirrali va katta ekran o‘lchamini ixcham shaklga sig‘dirish.

Qurilmaning og‘irligi 1360 gramm bo‘lib, 12,3 dyuymli noutbukka, 17 dyuymli stol kompyuteriga yoki ulkan planshetga aylanishi mumkin. Bu yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan eng qimmat noutbuklardan biri bo‘lib, boshlang‘ich narxi 4999,99 dollarni tashkil etadi.

Spectre Fold 10 yadroli Intel Core i7-1250U protsessori, 16 Gb tezkor xotira va 1 TB o‘rnatilgan SSDni oladi. Displeyi 1920×2560 piksel bo‘lgan OLED panelga asoslangan. Bir bor to‘liq quvvatlanishi 12 soat ishlashiga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring