Dunyodagi eng qimmat kompaniya “NVIDIA” bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R.Karimjonovning “NVIDIA” kompaniyasi MDH bo‘yicha biznesni rivojlantirish bo‘yicha bosh menejeri Anton Dzhorayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda:
- O‘zbekistonda IT sohasini va sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal rivojlantirish imkoniyatlar o‘rganish;
- xalqaro bozorga IT-kadrlarni tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash;
- mahalliy sun’iy intellekt yo‘naltirilgan startap loyihalarga sarmoyaviy qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yish;
- IT va sun’iy intellekt sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma rejalar ishlab chiqish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida amaliy reja ishlab chiqish, shuningdek, uni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etishga kelishildi.
Shu bilan birgalikda, joriy yil 17-20-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "ICTWeek " tadbirida mintaqaviy hamkor sifatida qatnashishga taklif etildi.
Ma’lumot uchun:
Amerikalik chip ishlab chiqaruvchi “NVIDIA” birinchi marta dunyodagi eng qimmat ommaviy kompaniyaga aylandi. Kompaniya bozor qiymati bo‘yicha Microsoft va Appledan o‘zib ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter