Dronlar donor qonini tashiyapti

Sankt-Peterburg tadqiqotlar markazi olimlari dronlar yordamida donor qoni tashiladigan tizimni ishlab chiqishdi. Unga ko‘ra dronlar qon namunalari va dorilarni yetkazish qiyish joylarga eltib beradi.
Dron 15 kilogrammgacha yuk ko‘tara oladi. Undagi narsa xavfsiz, zarar yetmagan holda yetib boradi. Ayniqsa qon yaroqlilik holatini yo‘qotmaydi. Sinov parvoz vaqti dron 40 metr balandlikka ko‘tarilib, 2 kilometr masofani bosib o‘tdi.
Ixtirodan maqsad kerak vaqtda donor qonni imkon qadar tez yetkazib, insonlar hayotini saqlab qolishdir. Bunday tizim mamlakatda ilk bor ishlab chiqildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter