Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cho‘lda sayyoramizdagi eng g‘ayrioddiy bino quriladi (foto+video)

Cho‘lda sayyoramizdagi eng g‘ayrioddiy bino quriladi (foto+video)

Foto: 4PDA

Saudiya Arabistoni sahro bag‘rida kelajak shahrini qurmoqchi — unda bizning ko‘zimiz o‘rganganlaridan tubdan farq qiluvchi minoralar majmuasi ham qad rostlaydi.

Epicon loyihasi doirasida yuqori futuristik dizaynga ega ikkita minora qurilishi rejalashtirilgan, ular nafaqat tevarak-atrof, balki istalgan inshoot fonida yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.

Epicon minorasini bunyod etishni 170 kilometr uzunlikdagi The Line oynavand devor-shaharni qurishni taklif qilgan kompaniya o‘z zimmasiga olgan. Loyiha mualliflarining ishontirishlaricha, minoralar olisdan ufqda jimirlab turgan sarob kabi ko‘rinadi. Majmua 225 metr va 275 metrli minoralardan tashkil topgan bo‘lib, serhasham mehmonxonalarga aylantiriladi, yonginasida Akaba ko‘rfazi bo‘ylab Epicon kurorti joylashgan.

Minoralar tik va yon tomonga cho‘zilgan qurilmalardan iborat bo‘lib, kinolardagi o‘zga sayyoraliklarning qurilmalarini yodga soladi.

Hozircha bu qog‘ozda, fantastik minoralarning qachon qurilib, ishga tushirishi aniq aytilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring