Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

ChatGPT sud hukmini o‘qidi

ChatGPT sud hukmini o‘qidi

Foto: Sud.ua

Kolumbiyalik sudya Xuan Manuel Padilya sud hukmini o‘qish oldidan sun’iy intellektga asoslangan ChatGPT chat-botidan foydalandi. Sud ishi bolalarning tibbiy huquqlari haqida edi. Hukm autist bola foydasiga chiqarildi. Tibbiy va transport xarajatlarini sug‘urta kompaniyasi to‘lab beradigan bo‘ldi.

Jarayon chat-botga savollar berish bilan kechgan. Masalan, “Autizmga chalingan, voyaga yetmagan, ota-onasining daromadlari kam bola davolanish xarajatlaridan ozod etilishi kerakmi?” deb so‘raldi. ChatGPT javob berdi: “Ha, albatta. Kolumbiya qonunlariga ko‘ra voyaga yetmagan autizm bemorlariga tibbiy xizmat bepuldir”.

Sudya ChatGPT ishni yengillashtirishi haqiqat ekanligi, lekin sudyalar o‘rnini egallolmasligini ta’kidladi.

Kecha ChatGPT pullik versiyasi taqdim etilganini yozgan edik. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring