ChatGPT neyrotarmog‘i dangasalik qilib, sekin ishlayapti

ChatGPT chat-boti foydalanuvchilari sun’iy intellektda “yalqovlik” alomatlari paydo bo‘layotganidan shikoyat qilishmoqda: ba’zida savollarga javob berishni istamaydi, sekin ishlaydi, ayniqsa, dasturiy kodlarni yozish so‘ralganda noaniqliklarga yo‘l qo‘ymoqda. OpenAI mutaxassislari ham muammo borligini tasdiqlashdi, biroq sababi nimadaligini bilishmayapti, deb yozdi iXBT.
Kompaniya vakillari chat-botda yangilanish oxirgi marta 11-noyabrda qilinganini, shikoyatlar esa oradan birmuncha vaqt o‘tib kelishni boshlashganini aytishmoqda. Bu shundan dalolatki, chat-botning o‘zini yomon tutishi dasturchilarning yaqindagi xatti-harakatlari mahsuli emas, balki mustaqil ravishda paydo bo‘lgan.
ChatGPT asoschilari sun’iy intellektdagi qusurlar unchalik ham ahamiyatli emasligini va ayrim masalalarnigina qamrab olishini ta’kidlashmoqda. Ular yechimni topishga jiddiy kirishishgan, ammo muammo ildizini topish va uni to‘liq bartaraf etishga vaqt ketishini ham inkor etishmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter