Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun — Xalqaro ma’lumotlarni himoya qilish kuni

Bugun — Xalqaro ma’lumotlarni himoya qilish kuni

Foto: Svettrade

Xalqaro ma’lumotlarni himoya qilish kuni — ACM (Hisoblash texnikasi assotsiatsiyasi) tashabbusi bilan 1988-yil 30-noyabrdan beri nishonlanadigan bayram bo‘lib, “Xalqaro kompyuter xavfsizligi kuni” deb ham ataladi.

Bu Robert Morris tomonidan yaratilgan va 1988-yil 2-noyabrda Massachusets texnologiya instituti (MIT)da ishga tushirilgan kompyuter virusi epidemiyasi bilan bog‘liq. O‘shanda ARPANET kompyuterlarining ommaviy infeksiyasi yuz bergan edi.

Ushbu sana munosabati bilan soha vakillari o‘rtasida turli konferensiyalar o‘tkaziladi, xavfsizlik tadbirlari muhokama qilinadi. Jumladan, viruslardan va eng mashhur infeksiyalardan himoya qilish usullari ko‘rib chiqiladi.

Xakerlarning xavfli harakatlari, onlayn firibgarliklar avj olgan bugungi kunda internetdagi ma’lumotlarni ishonchli himoyalash masalasi tobora dolzarblashib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring