Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun — Dasturchilar kuni

Bugun — Dasturchilar kuni

Foto: Muzkult.ru

Aslida dasturchilar kunining aniq sanasi yo‘q. Bayram qachonligini aniqlash uchun yil boshidan boshlab aniq 256-kunni hisoblashingiz kerak. Bu yil u 13-sentyabrga to‘g‘ri keldi.

Lekin nega aynan yilning 256-kuni? Chunki dasturlash tilida 256 raqami muhimdir. Shunday qilib, 256 — 8 bitli kodlash bilan har qanday tizim elementlarining maksimal mumkin bo‘lgan soni.

2002-yilda bu g‘oya veb-studiyada dasturchi Valentin Balt tomonidan ilgari surildi. Mutasaddilarga murojaat tuzib, tashabbusni qo‘llab-quvvatlash uchun kerakli miqdordagi imzo to‘pladi. Besh kun ichida o‘n ming kishi murojaatni imzoladi.

Bu kuni dasturchilar mukofotlar, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, dasturlash musobaqalari o‘tkaziladi, ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring