11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni
Ayol va qizlarning ilm-fan bilan to‘laqonli foydalanishlari uchun teng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, ularning huquqlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to‘g‘risida rezolyusiyada 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e’lon qilingan.
Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan IT sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar bilan intervyu tashkil qilib, ularni boshqa yoshlarga o‘rnak qilib motivatsiya berish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, bir nechta loyihalarni amalga oshirayotgani ham aynan xotin-qizlarning ilm-fandagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan.
Kelgusida ham xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun grantlar e’lon qilish, IT sohasida o‘z o‘rnini topishiga yaqindan yordam berish maqsadli rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter