Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo bo‘ylab 2,6 milliard odam internetga ulanmagan

Dunyo bo‘ylab 2,6 milliard odam internetga ulanmagan

Foto: Habr.com

BMTning texnologiya bo‘yicha agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda dunyoda internetga ulanmagan foydalanuvchilar soni 2,6 milliard kishini tashkil qilgan. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 2,7 milliard edi.

BMTning qayd etishicha, past daromadli mamlakatlarda internetga ulanishlar soni o‘sib bormoqda. Bu yerda so‘nggi bir yil ichida foydalanuvchilar soni qariyb 17 foizga oshgan. Biroq bu mamlakatlarda ulanish hali ham aholining uchdan biridan kamrog‘i uchun mavjud.

Tashkilot 2020 yilda COVID-19 pandemiyasining eng yuqori cho‘qqisida kuzatilgan ulanishning o‘sishi qisqa muddatli bo‘lganini ta’kidladi. Aynan shuning uchun ham 2030 yilga borib butun Yer aholisi internetga ulanishiga kafolat yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring