Bir qarashda elektr krossover, aslida esa gibrid avtomobil

Haval Xiaolong avtomobilining o‘lchamlari 4600 x 1877 x 1675 mm, g‘ildirak bazasi 2710 mm.
Old qismning dizaynidan uning elektr krossover ekanligini yaqqol bilinib turadi, ammo fevral oyida Xitoy Xalq Respublikasi Sanoat va axborotlashtirish vazirligining ma’lumotlar bazasi uning plagin gibrid versiya ekanligini aniqladi. Mashina 101 ot kuchiga ega elektr motor hamda benzinli dvigatelda yuradi. Benzinli dvigatel asosan generator rejimida ishlaydi.
Haval Xiaolong Maxning uzunligi esa 4758 mm, g‘ildirak bazasi 2800 mm. Avtomobil Rossiyada Jolion va Dargo modellari bilan tanilgan L.E.M.O.N. platformasi asosida yaratilgan.
Haval Xiaolong va Xiaolong Max gibridlari turli quvvatdagi akkumulyatorlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular 45 va 96 km masofani bosib o‘tish imkonini beradi.
Shuningdek, avtomobil salonida raqamli asboblar paneli, katta ekranli multimedia tizimi, smartfonni simsiz quvvatlantirish imkoniyati mavjud.
Yangi avtomobillar kelasi oy Shanxay avtosalonida jonli ravishda namoyish etilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter