Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BAA Iqtisodiyot va savdo masalalariga mas’ul Davlat vaziri bilan yirik kompaniyalarini yurtimizga jalb qilish va loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi

BAA Iqtisodiyot va savdo masalalariga mas’ul Davlat vaziri bilan yirik kompaniyalarini yurtimizga jalb qilish va loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Turkiyada Birlashgan Arab Amirliklarining Iqtisodiyot va savdo masalalariga mas’ul Davlat vaziri Axmed bin ali Sayed bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikning holati va istiqbollari, amalga oshirilayogan yirik loyihalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. O‘z navbatida, O‘zbekistonga investitsiya kiritish va yirik loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, Vazir Sh. Shermatov BAA hukumati yordami bilan mamlakatimizda amalga oshirilgan “Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasiga to‘xtalib, ushbu loyiha orqali yoshlarning IT kunikmalarini oshirishga erishilgani uchun BAA tomoniga minatdorchilik bildirdi va bu kabi loyihalarni davom ettirishga qiziqish borligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, vazir BAAning yirik kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini berib o‘tdi.

O‘z navbatida, Axmed al Sayed telekommunikatsiya va boshqa sohalarga investitsiya kiritishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Vazir Sh. Shermatov BAA Davlat vaziri Axmed al Sayyodni O‘zbekistonga tashrif buyurishga va mavjud imkoniyatni ko‘rish uchun taklif qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring