Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomaktablar yopilmoqda

Avtomaktablar yopilmoqda

Foto: "Equipnet.ru"

Rossiyada ko‘plab avtomaktablar shu yil oxirigacha yopiladi. Bu haqida avtomaktablar milliy assotsiatsiyasi prezidenti Yelena Zayseva xabar berdi.

Asosiy sabab sifatida avtomobillar va ehtiyot qismlarning qimmatlashib ketishi ko‘rsatildi. 2022 yilgacha avtomaktablarda o‘qishga qiziqish har holda saqlanib qolgan edi. Bu yil bahordan bo‘lajak haydovchilar soni 50 foizga qisqardi.

- Ahvol shu darajaga yetdiki, biz muammoga qarshi kurasholmadik, hech qanday yo‘l bilan mijozlarimizni ko‘paytirolmadik, - dedi Ye.Zayseva. Moskva avtomaktablar uyushmasi raisi Aleksandr Achkasovning aytishiga ko‘ra, 2010 yildanoq avtomaktablarda o‘quvchilar siyraklashib qolgan edi.

2005-2010 yillar oralig‘ida Moskvada 120 ming haydovchi avtomaktabni bitirgan. Hozir bu raqam 70 mingtaga tushib ketdi. O‘n yil oldin Rossiyada 14 mingta avtomaktab faoliyat yuritgan bo‘lsa, ayni vaqtda ularning soni 7 mingtaga yetmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring