AQShning " Asia Foundation" prezidenti Laurel Miller xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R.Karimjonov "Asia Foundation" prezidenti va bosh direktori Laurel Miller bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda:
- IT markazlarini kompyuter jihozlari, dasturiy ta’minot va boshqa texnologik resurslar bilan ta’minlash orqali IT ta’limni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- raqamli ta’lim sohasida talabgor bo‘lgan - AI, Data science, Big data, Cyber security va boshqa yo‘nalishlarda yoshlarni o‘qitish;
- raqamli ko‘nikmalarni oshirish, xususan, gender tenglik, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, raqamli ta’limni rivojlantirish, inklyuziv iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda moliyaviy-texnik ko‘mak ko‘rsatish;
- xalqaro autsorsing bozoriga IT-mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv natijalariga ko‘ra, har ikki tomon ham IT sohasida potensial hamkorlikni o‘rganishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va takliflarni shakllantirish uchun muhokamalarni ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter