Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Applening simsiz quvvatlantirish tizimida yangilik

Applening simsiz quvvatlantirish tizimida yangilik

Foto: Macrumors

Apple kompaniyasi yangi smartfonlarida simsiz quvvatlantirish tezligini cheklamaslikka qaror qildi. Bu haqda MacRumors xabar bermoqda.

Ommaviy axborot vositalari jurnalistlari yeux1122 taxallusi ostidagi taniqli insayderning xabariga murojaat qilishdi. Mutaxassisning aytishicha, iPhone 15 dagi simsiz quvvatlanish cheklovlarsiz ishlaydi. Shunday qilib, maksimal quvvati 15 vatt bo‘lgan smartfonni oddiy MagSafe zaryadlovchi bilan ham, uchinchi tomon aksessuarlari bilan ham zaryad qilish mumkin bo‘ladi.

iPhone 12, 13 va 14 seriyali qurilmalar faqat MagSafe qurilmalaridan foydalanganda 15 vatt quvvatda zaryadlash mumkin. Boshqa har qanday ishlab chiqaruvchilarning zaryadini ulaganingizda, quvvat ikki baravar kamayadi - 7,5 vattgacha.

Avvalroq insayderlar USB-C o‘rnatilgan Apple smartfonlarida tez zaryadlash faqat sertifikatlangan aksessuarlar ulangan taqdirdagina ishlashini aytishgan edi. Amerika IT giganti hali iPhone 15 liniyasidan qurilmalarni chiqarmaganiga qaramay, Yevropa Ittifoqi Apple uchinchi tomon zaryadlovchi qurilmalaridan foydalanganda smartfonlar imkoniyatlarini cheklamasligi kerakligini qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring